enkdstudio
Bepul audit

Har bir xabar savdoga aylanadi.

Oʻzbekistondagi biznes uchun AI agentlar, CRM va dashboardlar. Bitta mijoz xabarining yoʻlini kuzating.

Buyurtmalar lichkada yoʻqolyapti.

Menejer kuniga yuz marta «narxi qancha?» deb javob beradi. Kechasi yozgan mijoz ertalab raqobatchidan sotib oladi.

Unga biznesingiz haqida yozing.

Bu haqiqiy AI agent. Mijozlaringizga ham xuddi shunday javob beradi: kechayu kunduz, oʻzbek va rus tilida.

    AI chatbot va agentlar

    Suhbat bitimga aylanadi.

    Har bir soʻrov CRMga oʻzi tushadi: kim yozdi, nima soʻradi, qaysi menejerda. Hech narsa yoʻqolmaydi.

    CRM tizimlari

    Qolganini tizim bajaradi.

    Buyurtma 1C yoki Smartupga tushadi, omborga xabar ketadi, mijozga tasdiq keladi. Excel operatorisiz.

    AI avtomatlashtirish

    Barcha filiallar bitta ekranda.

    Savdo, qoldiq va agent hisobotlari real vaqtda. Toʻrt yoʻnalishli distribyutsiya guruhida shunday tizim allaqachon ishlayapti.

    Dashboard va tahlil

    Keyingi mijozni video olib keladi.

    Reels va reklama uchun promo videolar. Mahsulotingizni 15 soniyada tushuntiradi.

    Buyurtmalar qayerda yoʻqolayotganini koʻrsatamiz.

    30 daqiqalik bepul audit: jarayoningizni koʻrib chiqamiz va bir sahifalik xarita beramiz.

    1. Bepul audit30 daqiqa, bir sahifalik xarita
    2. Pilot2–3 hafta, qatʼiy narx, bitta yechim
    3. Qoʻllab-quvvatlashHar oy: server, AI sozlash, yangi hisobotlar

    Ishlab turgan loyihalar: distribyutor uchun Smartup → Power BI, parfyumeriya va mebel brendlari uchun Telegram Mini App doʻkonlar, baliqchilik xoʻjaligi ilovasi.

    © 2026 Enkd Studio · Toshkentenkd.uz